So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

25 dek 09:27
Yangiliklar

Kurash

Kurashning YUNESKO tomonidan etirof etilishi yo'lida muhim qadam tashlandi

Teglar :  Kurash YUNESKO
Azaliy qadriyatimiz kurashning xalqaro maydonda rivoj topishi, jahon miqyosida yanada keng etirof etilishida nomoddiy madaniy meros tizimidan o'rin egallashi muhim omil sanaladi.

SHu maqsadda O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Xalqaro kurash associaciyasi, O'zbekiston kurash federaciyasi, etakchi sport mutaxassislari, madaniyat, sport va meros sohasi ekspertlari YUNESKOning mintaqaviy vakillari bilan hamkorlikda keng miqyosli ishlar olib  borilmoqda.  

Takidlash joizki, kurash sportini insoniyat nomoddiy madaniy merosi sifatida YUNESKO tomonidan etirof etilishi O'zbekistonning boy madaniy va tarixiy merosini dunyo miqyosida tan olishga qaratilgan yirik qadam sanaladi.  

Ota-bobolarimizdan meros kurash nafaqat jismoniy mashg'ulot, balki o'zida insonparvarlik, halollik va olijanoblik kabi umumbashariy qadriyatlarni mujassamlashtirgani bilan ham xalqaro maydonda etibor qozonmoqda. Mazkur jarayonlarni tashkil etish borasida Xalqaro kurash associaciyasi, O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Xalqaro kurash instituti, O'zbekiston kurash federaciyasi va YUNESKO ishlari bo'yicha milliy komissiya vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan nomzodlik hujjatlari ishlab chiqildi.  

Ushbu masalaga bag'ishlangan yig'ilishda ishtirok etgan sport vaziri Adham Ikromov Xalqaro kurash associaciyasi, madaniyat, sport va meros sohasining etakchi vakillari, kurash mutaxassislari, YUNESKO xalqaro hukumatlararo tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda kurashni insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro'yxatiga kiritilishi bo'yicha bir yil davomida nomzodlik loyihasi tayyorlanishini bildirib o'tdi.  

Unga ko'ra, nomoddiy madaniy meros obekti – kurash bo'yicha malumotlar bazasi shakllantirildi. Bu jarayonda O'zbekiston Respublikasi sport vazirligi, Xalqaro kurash instituti va O'zbekiston kurash federaciyalari bilan amaliy ishlar olib borilmoqda.  

Aytish lozim, bugungacha O'zbekiston tomonidan YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro'yxatiga Navro'z bayrami, palov madaniyati va ananalari, askiya, katta ashula, Boysun tumanining madaniy muhiti, shashmaqom va baxshichilik sanatlari kiritilgan.  

Yig'ilish davomida kurashning ushbu ro'yxatga kiritilishi borasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar to'g'risida malumotlar taqdim etildi. Bu jarayon esa kelgusida sportning madaniy rolini tan olishda katta ahamiyatga ega ekani takidlandi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing