26 may 15:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Kurbanov - Soro jangi hakami diskvalifikaciya qilindi
Rossiyalik Magomed Kurbanovning franciyalik Mishel Soroga qarshi jangida hakamlik qilgan Dmitriy Bolirov 1,5 yilga diskvalifikaciya qilindi.
Bu haqida Rossiya boks federaciyasi malumot berdi.
"Rossiya professional boks federaciyasining nazorat-tekshiruv va hakamlar qo'mitasi departamenti hakam Boldirovni bir yarim yilga - 2024 yilning 20 noyabriga qadar chetlatish qarorini qabul qildi", - dedi Rossiya boks federaciyasi vakili.
Eslatib o'tamiz, Kurbanov - Soro jangi 6 may kuni Ekaterinburgda o'tkazilgan. Unda hakamlarning kutilmagan qaroriga ko'ra rossiyalik bokschi g'alabaga erishgandi.
Havola :
Manba : РБФ
Fikrlar