So’nggi yangiliklar

19:35"Манчестер Юнайтед" "Рома" юлдузи билан келишувга эришди 0 18:50Рамазон Темиров: "Зарбаларим аниқроқ борганида, Стив бундан ҳам оғирроқ нокаут бўлиши мумкин эди" 0 18:02Тим Цзю Эррол Спенсни мағлуб этиб, рақибини фаолиятини якунлашга мажбур қилди 0 17:20"Ўзбекистонда ҳам чемпион бўлади. Буни биринчи бўлиб, ўзим бажараман" — Рамазон Темиров 0 16:03Ўзбекистон U-20 аёллар терма жамоаси – CAFA чемпиони! 0 15:10Рамазон Темировнинг жангдан кейинги фикрлари қандай бўлди? 0 14:01Парижда кураш бўйича Президент соврини учун мусобақа ўтказилди 0 13:07Махлуқ ролидаги Шоҳжаҳон Эргашев, тепкиланган Одилхон ва бошқалар. Тошкентдаги проф бокс оқшомидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:19Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор 0 01:00Ўзбекистонлик жангчилар иштирокидаги Octagon 89 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:31UFC Abu-Dhabi турнирининг бонус эгалари эълон қилинди. Рамазон Темиров рўйхатда борми? 0 00:23Кутганмидингиз?! Шоҳжаҳон Эргашевнинг Марк Урвановга қарши жанги биринчи раунддаёқ ниҳоясига етди 0 00:00Гусков Анкалаевга, Темиров эса Эрцегга қарши жанг қилди! UFC Abu-Dhabi турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 23:54UFC ABU-DHABI. БОГДАН ГУСКОВНИНГ МАГОМЕД АНКАЛАЕВГА ҚАРШИ МАРКАЗИЙ ЖАНГИ БЕШИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 23:01РАМАЗОН ТЕМИРОВ ИШТИРОКИДАГИ CO MAIN EVENT ЖАНГИ БИРИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0

22 noy 21:17
Yangiliklar

Kurash

Kurrai zaminga keng quloch yozaver – belbog'li kurash!

Yaratilish tarixi besh ming yilliklarga borib taqaladigan belbog'li kurash ota-bobolarimizdan bizgacha asrab-avaylanib, ezozlanib etib kelgan milliy merosimiz, milliy sport turimiz sanaladi.

Belbog'ini topib bersang zaminni,

Ozod ko'targuday shiddating bordir.

Zaminga avaylab oyog'ingni bos,

Botib ketmasinda temir tovoning. 

Yurtimiz istiqlolga erishgach, belbog'li kurash ham milliy sport turlarimiz qatoridan joy oldiva yanada qadr topib, qayta shakl-shamoyiliga ega bo'ldi. Belbog'li kurash yuzlab, minglab o'g'il-qizlarimizning sevimli sport turiga aylandi. Natijada bugun mashg'ulotlarga zo'r berayotgan yosh polvonlarimiz xalqaro sport maydonlarida eng kuchli sportchilar qatoridan munosib joy olishga muvaffaq bo'layotgani rost gap.

So'nggi besh yillikdabelbog'li kurash ham xalqaro musobaqalarda eng ko'p medallarni jamg'arib kelayotgan sport turlaridan ekanligi quvonarli.

Yana bir quvonarli gap. Milliy sport turimiz bo'lgan belbog'li kurashni dunyo bo'ylab keng miqyosda rivojlantirish maqsadida joriy yilning 27 sentyabrida Litva davlatining Vilnyus shahrida Jahon belbog'li kurash associaciyasi (JBKA) tashkil etildi va rasman Evropa Ittifoqidan ro'yxatdan o'tkazildi. Mazkur associaciyaga hamyurtimiz Azizbek Abduxalilovich G'aniev prezident etib saylandi. Bu esa, ochig'i, belbog'li kurashga bo'lgan etiborni yanada kuchaytirdi. Boisi associaciya tashkil etilgandan keyin oradan hech qancha vaqt o'tmasdan, aniqrog'i,7-10 oktyabr kunlari aynan Azizbek Abduxalilovich G'anievning tashabbusi va homiyligida tarixda ilk bor Ukraina davlatining Lvov shahrida belbog'li kurash bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida Evropa chempionati o'tkazildi.

Yuqori saviyada o'tkazilgan mazkur Evropa chempionatida 100 nafarga yaqin polvonlar 65 kg,+65, 90, +90 kg vazn toifalarida bellashishdi.

Ushbu nufuzli chempionatningyana bir eng ahamiyatli tomoni, bellashuvlarni boshqarib borgan barcha hakamlar belbog'li kurashda qo'llaniladigan atamalarni o'zimizning sof o'zbek tilimizda talqin etishi bo'ldi. 

Har bir vazn toifasida kuchli uchlikdan joy olgan polvonlar Jahon belbog'li kurash associaciyasi tomonidan diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. 

SHuningdek, Jahon belbog'li kurash associaciyasining bevosita ko'magi ostida Lvov shahrida Ukraina belbog'li kurashi bo'yicha ham jahon chempionati bo'lib o'tdi. Ushbu jahon chempionatida to'rt nafar sportchilarimiz ham munosib ishtirok etishdi. 16 ta davlatdan 200 nafarga yaqin atletlar ishtirok etgan ushbu jahon chempionatining klassik va erkin yo'nalishlarida ishtirok etgan polvonlarimizdan +90 kg. da Rustam Umarov (Namangan v.) oltin medal, 90 kg. da Muzaffar Soibboev (Namangan v.), +90 kg.da Latifjon Badalov (Namangan v.) hamda +65 kg.da Sahobat SHeralieva (Farg'ona v.)lar bronza medallariga ega chiqishdi.

Evropa chempionati doirasida A. G'aniev raisligida Jahon belbog'li kurash associaciyasining (JBKA) kongressi ham bo'lib o'tdi. Kongressda Jahon belbog'li kurash associaciyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga oid axborotlar tinglandi, tashkiliy masalalar hamda ijroqo'm safini ko'paytirish, Osiyo va Pan-Amerika belbog'i kurash federaciyalarini ochish xususida kelishib olindi. Bu kelishuv esa o'z-o'zidan milliy belbog'li kurashimizning dunyo bo'ylab yanayam keng ommalashishidan darak beradi.

Yana bir muhim gap. Xabaringiz bor, 24-27 noyabr kunlari Jizzax shahrida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun 2001-2003 yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasida ilk bor jahon chempionati o'tkaziladi. Mazkur jahon chempionatini xalqaro talablarga mos va yuqori saviyada o'tkazishda masul vazirlik va idoralar qatorida Jahon belbog'li kurash associaciyasi (JBKA) ham alohida jonbozlik ko'rsatmoqda.

Delegatlarni Toshkent va Samarqand xalqaro aeroportlaridan munosib kutib olish, mamlakatimizning eng diqqatga sazovor turistik markazlariga sayohatlar tashkil etish singari bir qator vazifalarni ham rejalashtirgani yurtimizda turizm salohiyatiga qaysidir manoda hissa qo'shishidan dalolat beradi. Bundan tashqari Jizzaxda o'tadigan jahon chempionati doirasida JBKA prezidenti A. G'aniev raisligida navbatdagi kongress ham o'tkaziladi. Ushbu kongressda ham Osiyo, Markaziy Osiyo konfederciyalarni tuzish kabi qator vazifalar ko'rib chiqilishi va qarorlar qabul qilinishi nazarda tutilgan.

Yangidan tashkil topgan Jahon belbog'li kurash associaciyasining, yanayam aniqrog'i, associaciya prezidenti Azizbek Abduxalilovich G'anievning takidlashicha, tarix-o'tmishi bir necha ming yillikdan ortiq bo'lgan va ota-bobolarimizdan bizgacha asrab-avaylanib etib kelgan, halollik, mardlik, jasurlik, vatanparvarlik kabi tuyg'ular mujassam bo'lgan milliy sport turimiz –belbog'li kurashni er kurrasi bo'ylab ommalashtirish, aynan belbog'li kurash orqali yurtimiz shani va shuhratini jahon sport ayvonlarida tarannum etish, ulug'lash, qolaversa, kelajakda olimpiya o'yinlari oilasida belbog'li kurash ham mustahkam o'rin olishi uchun amalga oshiriladigan say-harakatlar bosh maqsadlardan sanaladi.

Darhaqiqat, Yangi O'zbekistonda yangidan-yangi marralarni baland olib, shu go'zal diyor uchun, kindik qonimiz to'kilgan shu go'zal Vatan taraqqiyoti uchun jon fido bo'lib yashash qanday yaxshi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing