19 jan 07:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Kutganmidingiz? Pop-MMA vakili Jasurbek "Tayson" Jo'raev Kamil Karate bilan jang qiladi + POSTER
Octagon 84 turniridan o'rin olgan navbatdagi jang malum bo'ldi.
1 fevral kuni Toshkentdagi "Humo Arena" majmuasida o'tkaziladigan turnirda o'zbekistonlik pop-MMA jangchisi Jasurbek "Tayson" Jo'raev tojikistonlik taniqli Qamariddin "Kamil Karate" Hasanov bilan bellashadi.
Jasurbek Jo'raevning rekordi 3-1-0 ko'rinishida. Qamariddin Hasanov hisobida esa MMAda qo'lga kiritilgan 7 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat bor.
Octagon 84 turnirining markaziy bahsida hamyurtimiz Sardorbek Ro'ziev (4-0-0) Qozog'iston vakili Kaysar Jaugashar (6-0-0) bilan to'qnash keladi. Jang o'ta engil vazn toifasidagi vaqtinchalik (Interim) kamar uchun o'tkaziladi.

Havola :
Manba : octagonleague
Fikrlar