20 fev 09:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Kutilmagan xabar. Belal Muhammad - SHavkat Rahmonov jangi bekor qilindi
Yarimo'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Belal Muhammadning qozog'istonlik davogar SHavkat Rahmonovga qarshi jangi o'tkazilmaydi.
Bunga Surxondaryoda dunyoga kelgan Rahmonovning jarohat olishi sabab bo'ldi. Ushbu jang 11 may kuni Kanadaning Monreal shahrida tashkil etiladigan UFC 315 turniri doirasida o'tkazilishi kerak edi.
"UFC rahbarlariga menga ilk chempionlik kamari uchun jang o'tkazish imkoniyatini taqdim etgani uchun rahmat aytmoqchiman. Afsuski, jarohat sabab may oyiga belgilangan jangga tayyor bo'la olmayman. Men g'olib bilan shu yilning o'zida, keyingi jangda to'qnash kelishimga umid qilib qolaman", - deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan Rahmonov.
Havola :
Fikrlar