13 sen 11:13
Yangiliklar
Boks/MMA
Kutilmagan xabar! CHempion SHakur Stivensonning jangi bekor qilindi + FOTO
Engil vazn toifasida WBC chempioni SHakur Stivensonning 12 oktyabr kuni Ar-Riyodda o'tkazilishi lozim bo'lgan jangi bekor qilindi.
Bu haqda u hamkorlik qiluvchi Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Amerikalik 27 yoshli charm qo'lqop ustasi qo'lidan jarohat olgan, u endilikda operaciya qilinadi. SHakur kelasi yilning boshida ringga qaytishi mumkin. Stivensonning Ar-Riyoddagi raqibi birinchi engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Jo Kordina bo'lishi kerak edi.
Malumot o'rnida, 12 oktyabr kuni Ar-Riyodda o'tkaziladigan boks oqshomining markaziy jangida ikki rossiyalik chempionlar — Artur Beterbiev va Dmitriy Bivol yarimog'ir vaznda mutlaq jahon chempioni unvoni uchun ringga chiqishadi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar