16 apr 14:31
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/62618_220.jpg)
Kutilmagan xabar! Mahmud Muradov XFNni tark etdi
O'zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Muradov CHexiyaning XFN promousheni bilan kelishuvni bekor qildi.
Avvaliga u 7 iyun kuni O2 arenasida mezbon sportchi Kinglga qarshi jang qilishi lozim edi. Ammo, sportchi bugun ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ushbu jang bekor qilinganini hamda endilikda XFN bilan birga ishlamasligini malum qildi.
"Afsuski, XFNdagi navbatdagi jangim bekor qilindi. XFN o'z so'zida turmadi va kelishuv shartlariga amal qilmadi. Bugungi kundan boshlab men erkin jangchiman. Yaqin 10-20 kun ichida qaysi tashkilotda faoliyatimni davom ettirishimni malum qilaman. Ushbu jangni kutgan muxlislarimdan kechirim so'rayman", - deb xabar qoldirdi Mahmud Muradov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar