12 apr 11:51
Yangiliklar
Og'ir atletika
Kutilmagan xabar: O'zbekistonlik og'ir atletikachi Rustam Jangaboev sportdan vaqtincha chetlatildi
Xalqaro og'ir atletika federaciyasi – IWF xabariga ko'ra, o'zbekistonlik og'ir atletikachi, jahon chempionati sovrindori Rustam Jangaboevning doping namunasi o'sish gormoni (hGH) bo'yicha salbiy tahlil natijalarini bergan.
11 aprel kuni IWF saytida joylashtirilgan xabarda aytilishicha, Jangaboev antidoping qoidalarini buzgani uchun sportdan vaqtincha chetlatildi.
Qayd etilishicha, agar sportchi antidoping qoidalarini buzmagani aniqlansa, unda bu haqdagi tegishli qaror ham elon qilinadi.
IWF ish yuzasidan surishtiruv jarayoni yakunlanguniga qadar qo'shimcha malumot bermasligi aytiladi.
Malumot uchun: Rustam Jangaboev 1993 yil 25 avgust kuni tug'ilgan, musobaqalarda 105 kilogrammdan yuqori vazn toifasida qatnashadi. 2018 yilgi jahon chempionati sovrindori, 2017 yil Ashxabodda o'tkazilgan yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlari chempioni, Rio-de-Janeyrodagi yozgi Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi.
Havola :
Manba : kun.uz
Fikrlar