07 iyu 07:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Kutilmagan yakun, Masvidal Askrenni 5-soniyada nokaut qildi
Ayni daqiqalarda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida aralash qoidalar bo'yicha UFC 239 oqshomi bo'lib o'tmoqda.
Hozirgina kechaning markaziy janglaridan biri kutilmagan natija bilan yakunlandi. Amerikalik Xorxe Masvidal mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan sobiq Bellator chempioni Ben Askrenga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Uzoq kutilgan jang bor yo'g'i 5 soniya davom etdi. Masvidal ilk hujumdayoq raqibini nokautga uchratdi. Xorxe sakragan holatda tizzasi bilan Askrenga zarba berdi va referi jangni to'xtatishdan o'zga chora topa olmadi.
Havola :
Fikrlar