29 apr 07:01
Yangiliklar
La Bisbal D'Emporda. Birinchi raketkamizda kutilmagan natija
Mukofot jamg'armasi 115 000 dollarni tashkil etuvchi turnirda hamyurtimiz Kamilla Rahimova ham o'z omadini sinab ko'rdi. Afsuski, mamlakatimizning birinchi raketkasi ilk davradayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Rahimova rossiyalik 20 yashar Elena Pridankinaga kutilmaganda 4/6, 3/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Taqqoslash uchun, Pridankina WTA reytingida 229, Rahimova 73-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi - 1:1. 2024 yil 30 oktyabr kuni Xitoy turniridagi ilk bahsda Kamilla uch set natijasiga ko'ra zafar quchgan edi. Bugungi qarama-qarshilikda Pridankina 2, Rahimova 1 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Elenada uch barobar ko'proq bo'ldi - 9 ga 3.

Fikrlar