24 iyu 16:09
Yangiliklar
La Liga klublari Evropa chempionatining gruziyalik yulduziga davogar
Ispaniyaning ikki klubida joriy mavsum "Mec" safida porlagan gruziyalik hujumchi Jorj Mikautadzega bo'lgan qiziqish ortib bormoqda. Uning hisobida 12 ta gol va 4 ta golli pas bor.
23 yoshli Mikautadze o'tgan yili "Ayaks" tomonidan 16 mln evro evaziga sotib olingandi, biroq mavsumni ijara asosida "Mec"da o'tkazdi va u erda ajoyib natijalar ko'rsatdi – bu tajriba unga o'zini Evropaning eng istiqbolli istedodlaridan biri sifatida ko'rsatishga imkon berdi.
"Fichajes" xabariga ko'ra, futbolchining xizmatlariga "Atletiko" va "Betis" qiziqish bildirmoqda. Gruziyalik hujumchining boshlang'ich bahosi 25 mln evro etib belgilangan. Juda katta summa, lekin uning salohiyati va so'nggi o'yinlari bilan bu oqlab ketiladi.
Fikrlar