28 may 15:31
Yangiliklar
Futbol

La Liga klublari o'tgan mavsum qancha daromadga ega bo'lgani malum
Ispaniya Primerasi klublari teletranslyaciyalar sotuvidan 1,351 mlrd evro daromadga ega bo'ldi.
Qoidalarga ko'ra, bu mablag'ning yarmi roppa-rosa 20 ta klub o'rtasida taqsimlanadi, bu har bir jamoa uchun 33,77 mln evroni tashkil qiladi.
Qolgan daromad summasi jamoalarning mavsumdagi natijalariga qarab bo'linadi: 25 foizi turnir jadvalidagi o'rni bo'yicha, qolgan 25 foizi chiptalar sotuvi, abonementlar va jonli efirdagi tomoshabinlar soni bo'yicha. Bundan tashqari, evrokuboklarga yo'llanmani qo'lga kiritgan jamoalar qo'shimcha bonuslar oladi.
SHu tariqa "Barselona" eng ko'p – 109,8 mln evro ishlab topgan bo'lsa, ikkinchi o'rinda "Real" nisbatan kamroq – 103 mln evro oladi.
Havola :
Fikrlar