22 apr 18:01
Yangiliklar
Futbol

La Liganing to'rt klubi Fatiga qiziqish bildirmoqda
"Barselona"ning hujumkor futbolchisi Ansu Fati La Liganing boshqa klubi safiga ko'chib o'tishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, 22 yoshli futbolchiga Ispaniyaning bir nechta klubi qiziqish bildirmoqda. Ushbu ro'yxatga "Real Sosedad", "Valensiya", "Sevilya" va "Jirona" kirishi aytilmoqda.
La Liga joriy mavsumida Ansu bor yo'g'i to'rt bor maydonga tushdi va samarali harakatlar amalga oshirmadi.
Havola :
Manba : Spanish Football News
Fikrlar