07 may 14:35
Yangiliklar
Futbol

Lamin Yamal kechagi o'yindan keyin vada berdi
Kecha tunda kataloniyaliklar ECHL yarim finalining javob o'yinida "Inter"ga (3:4) yutqazib qo'yishgandi (birinchi o'yin – 3:3).
Lamin Yamal "Barselona" muxlislariga yaqin kelajakda CHempionlar Ligasini yutishga vada berdi.
"Biz bor imkonimizni ishga soldik — bu yil bu amalga oshmadi, lekin biz qaytamiz, shubha qilmang. Kules (Barsa muxlislari), biz klubimizni o'ziga munosib joyga – eng yuqori cho'qqiga olib chiqmaguncha to'xtamaymiz.
Men vadamni bajarib, ushbu sovrinni Barselonaga olib kelib beraman. Biz bunga erishmaguncha to'xtamaymiz. Ammo yakshanba kuni yana final [La Ligadagi Klassiko] va biz hammamiz birga bo'lishimiz kerak. Yashasin Barsa!" – dedi "Barselona" vingeri.
Havola :
Fikrlar