So’nggi yangiliklar

19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0 15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0 14:51Жаҳонгир Зокировнинг Zuffa Boxing’даги навбатдаги рақиби маълум бўлди 0 13:58Чарльз Жонсон Рамазон Темировнинг нокаут бўлишини исташини айтди 0 13:17"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун асосий номзод номи маълум — talkSPORT 0 12:35АҚШ профессионал боксчиларига терма жамоа сафида жанг қилиш имконини берди 0 11:57Нодирбек Абдусатторов 2027 йилда ҳам NAVI сафида қолади 0 11:13Asian Boxing League турнири номаълум муддатга қолдирилди 0 10:24Ўзбекистон кубогининг 1/2 финал сана ва манзиллари маълум 0 10:15Полина Кудерметова дунё рейтинги пешқадамига қарши кортга чиқди 0

20 may 18:51
Yangiliklar

Futbol

Lautaro bolaligi haqida: "Ijaraga pulimiz etmagani uchun qariyb 3 yil otamning do'stinikida yashadik"

"Inter" klubi va Argentina milliy terma jamoasi hujumchisi Lautaro Martines bolalik yillari qanday o'tgani haqida gapirib berdi.

– Siz boy oilada ulg'aymagansiz. Argentinadagi bolaligingiz qanday o'tgan?

– Vaziyatni tushuntirishga harakat qilaman. Otam futbolchi edi. U professional darajaga chiqib, V Seriyaga etganida, Baiya-Blankadagi harbiy-dengiz bazasidagi aviamexaniklik ishini tashlab ketgan. Otam to'p tepadigan jamoa quyi ligaga tushib ketgach, oilani boqish uchun pul etmay qoldi. SHundan so'ng u keksa yoshdagi insonlarga qarovchi bo'lib ishlay boshladi, onam esa uy xizmatchisi sifatida ozgina pul topardi. Oilada uchta farzand edik va uyda doim pul etishmovchiligi sezilardi.

– Egulik ham tez-tez tugab turarmidi?

– To'g'risini aytsam, unchalik emas. Akam va ukam bilan kim ko'proq eyish bo'yicha musobaqa o'ynardik. Ammo kechki ovqatni kutayotganda qornim ochganini his qilganim haliyam yodimda. Bundan tashqari, ijara haqini to'lay olmasdik. SHu sababli qariyb uch yil davomida otamning bir do'stinikida yashadik. U erda vaqti-vaqti bilan elektr energiyasi uchun atigi 100 peso (hozirgi kurs bo'yicha taxminan 6 evrocent) to'lab turardik, xolos.

– O'sha davrlardan xotirangizda nimalar qolgan?

– O'sha kunlarni eslasam, yuzimga tabassum yuguradi. Men baxtli edim, chin yurakdan baxtli edim. Meni haqiqiy erkak sifatida shakllantirgan o'sha tuyg'ularni yana bir bor his qilishni istardim. Ota-onam tufayli kamtarlik va hurmat nima ekanligini o'rgandim, hozir esa bu fazilatlarni o'z farzandlarimga singdirib kelyapman, - dedi Lautaro.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing