30 jan 12:51
Yangiliklar
Sport kurashlari
Layloxon Sobirova PWL 11 turnirida ishtirok etishiga ishora qildi
Ayollar kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Layloxon Sobirova (57 kg) hozirgi holati va kelgusidagi rejalari haqida gapirdi.
"Jarohatim tufayli biroz vaqt mashg'ulotlardan chetda qoldim. Endigina to'liq mashg'ulotlarga qaytdim. SHu sababli, Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida o'tayotgan musobaqada qatnashmasligim oldindan malum edi.
Yaqin vaqt ichida ajoyib yangilik bor. Hozirda kelishuvlar amalga oshirilmoqda. Erkin kurash muxlislari nimani nazarda tutayotganimni allaqachon fahmlagan bo'lsa kerak", deydi Sobirova o'zining Instagram sahifasida.
27 mart kuni Toshkentda kurash bo'yicha PWL 11 turniri o'tkaziladi. Layloxon ham ushbu musobaqada qatnashishi kutilmoqda.
Havola :
Fikrlar