20 iyu 08:50
Yangiliklar
Sport kurashlari

Layloxon Sobirova va Mushtariy Tolipbekova Osiyo chempionati sovrindori + FOTOGALEREYA
Vetnamning Vungtau shahrida sport kurashlari bo'yicha o'smirlar (U 17) va yoshlar (U 23) o'rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.
Kecha musobaqaning navbatdagi kuni ayollar kurashi bahslariga ham start berildi. Yoshlar (U 23) o'rtasidagi birinchi kungi bellashuvlarda terma jamoamiz azolaridan ikki nafari shohsupaga ko'tarildi.
Mushtariy Tolipbekova (50 kg) va Layloxon Sobirova Osiyo chempionatining bronza medaliga sazovor bo'ldi. 68 kg vaznda kurashgan Firuza Esenbaeva esa bronza medali uchun kechgan bellashuvda qirg'izistonlik Gulnura Tashtanbekovaga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Bugun qolgan vazn toifalarida medallar uchun kurash davom etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar