So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

04 mar 14:17
Yangiliklar

Sport kurashlari, Gimnastika, SHaxmat

Layloxon Sobirova va yana uch sportchi qizimiz "Zulfiya" nomidagi davlat mukofotiga loyiq ko'rildi

Kecha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq, bir qancha ayol-qizlarimiz "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanishi haqida xabar berildi.

Ular orasida to'rt nafar sportchi qizlar ham bor.

Jumladan, Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 42-umumiy o'rta talim maktabining 9-sinf o'quvchisi, shaxmat bo'yicha ikki karra jahon chempioni, O'zbekiston terma jamoasi azosi Hamdamova Afro'za Akbarovna;

— Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetining jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi bo'yicha 1-bosqich magistranti (Xorazm viloyati), ayollar kurashi bo'yicha terma jamoamiz azosi Sobirova Layloxon Arslonbek qizi;

— Qoraqalpog'iston Respublikasi Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha Nukus oliy sport mahorati maktabining badiiy gimnastika bo'yicha murabbiysi Ibragimova SHaxzoda Alisher qizi;

— Qo'rg'ontepa tumani sport maktabi sportchisi, sportning engil atletika turi bo'yicha bir qancha rekordlar sohibasi, Andijon davlat pedagogika institutining jismoniy madaniyat fakuliteti 2-bosqich talabasi Usmonova Dilshoda Egamberdi qizi ushbu mukofotga loyiq ko'rildi. 

Bunday sovrindorlarining har biriga BHMning 50 baravari (bugungi kunda 18 mln 750 ming so'm) miqdorida pul mukofoti beriladi. 

SHuningdek, ular Oliy o'quv yurtlariga imtihonsiz davlat granti asosida qabul qilinadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing