10 may 21:26
Yangiliklar
Sport kurashlari, Parij-2024
Layloxon Sobirova yarim finalda yutqazdi, lekin hali licenziya uchun imkoniyat bor
Xorazmlik kurashchi qizimiz Layloxon Sobirova Istanbuldagi jahon licenzion turnirida ishtirok etayotganligi haqida xabar qilgandik.
-57 kg vaznda kurashgan Sobirova 1/2 finalda braziliyalik Julliya Oliveyraga imkoniyatni boy berdi.
Biroq, unda hali ertangi bahslarda licenziya uchun kurashish imkoniyati bor. Har bir vazn toifasida uch nafar sportchi Olimpiadaga boradi.
Huddi shunday imkoniyat -53 kg vaznli SHohida Ahmedovada ham bor.
Finalga chiqqan sportchilarga mag'lub bo'lgan kurashchilar o'rtasidagi o'tish bahslarida uchinchi licenziya egasi aniqlanadi.
Malumot uchun, Oliveyra -57 kg vazn toifasida dunyo reytingida uchinchi, Sobirova esa 20-o'rinda qayd etilgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar