08 fev 09:12
Yangiliklar
Tennis
Layma Vladson Turkiyadagi ITF W15 turniridagi ishtirokini yakunladi
O'zbekistonlik tennischi Layma Vladson Turkiyada o'tayotgan ITF W15 Antalya 3 Women xalqaro turnirining yarim final uchrashuvida mag'lubiyatga uchradi.
Final chiptasi yo'lidagi bahsda Layma Vladson slovakiyalik Nina Vargovaga qarshi kortga chiqdi.
Bellashuvda Vargova 6/4, 7/6 hisobida zafar quchdi.
Malumot uchun, 18 yashar Layma hozirda WTA reytingida 880, 20 yoshli Nina esa 684-o'rinni band etib turibdi.
Havola :
Manba : utf.uz
Fikrlar