05 may 16:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Lazizbek Mullajonov Marlo Xartadoni engib, bugungi kunni g'alaba bilan boshlab berdi
Toshkentda boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining beshinchi kungi janglari start oldi.
Biroz avval -92 kg vazn toifasi vakillari ham bahsga kirishishdi. Jumladan, mazkur vazndagi hamyurtimiz Lazizbek Mullajonov 1/16 final doirasida kolumbiyalik Marlo Xartadoga qarshi ringga chiqdi. Jang to'liq 3 raund davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan Lazizbek Mullajonov g'alaba qozondi.
Bugungi g'alabasi orqali Lazizbek nimchorak final masalasini hal qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar