23 apr 07:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Lazizbek Mullojonov ringga qaytmoqda. U Toshkentda ringga chiqadi
Xabar berganimizdek, 29 may kuni poytaxtimizda yirik professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Malum bo'lishicha, oqshom doirasida havaskor boksda Olimpiya o'yinlari g'olibi, Jahon chempioni Lazizbek Mullojonov prof boksdagi navbatdagi jangini o'tkazadi. Unga o'sha kuni venesuelalik Luis Xose Marin Garsiya raqiblik qiladi.
Turnirning markaziy jangi esa super engil vazn toifasidagi o'zbekistonlik sobiq Jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev ishtirokida o'tadi.
Malumot uchun, Mullojonov professional boksdagi faoliyatida hozirgacha 7 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Garsiya hisobida esa 17 ta g'alaba va 12 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar