29 mar 16:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Lazizbek Mullojonov va yana uch nafar o'zbekistonlik bokschi ishtirok etadigan WBC Gran-prisining boshlanish sanasi elon qilindi
Jahon boks kengashi (WBC) tashkil etadigan Gran-pri 17 aprel kuni boshlanadi.
Bu haqda tashkilot prezidenti Maurisio Suleyman o'zning X (Twitter)dagi sahifasida xabar berdi.
"Riyadh Season bilan hamkorlikdagi Gran-priga tayyor bo'ling. Boks olamidagi yangi avlod chempionlarini aniqlash uchun 128 nafar charm-qo'lqop ustasi ringda birlashadi.
Turnir 17-20 aprel kunlari BlvdCity'da bo'lib o'tadi", deb yozdi Suleyman.
Malumot uchun, ushbu musobaqada yoshi 26 ga etmagan va prof boksda 16 ta jang o'tkazib ulgurmagan iqtidorli bokschilar ishtirok etadi.
Avvalroq musobaqada Mujibillo Tursunov, Lazizbek Mullojonov, Kamronbek Eshmatov va Suhrob Qayumov kabi bokschilarimiz qatnashishi haqida xabar bergandik.
Havola :
Manba : x.com/wbcmoro
Fikrlar