25 avg 11:02
        Yangiliklar	
	
				
				    Basketbol			    
				 
				
			 
				LeBron Jeyms Kobi Brayant bilan tushgan arxiv suratini ko'rsatdi + FOTO
Los-Anjeles Leykersning yulduz hujumchisi LeBron Jeyms o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga yangi post joylashtirdi va u erda afsonaviy Kobi Brayant bilan tushgan arxiv suratini ko'rsatdi.
			23 avgust kuni Kobi 45 yoshga to'lgan bo'lardi. LeBron rasmga hech qanday izoh qoldirmadi, lekin ikkita emoji qoldirdi: cheksizlik belgisi va ilon emojisi. Bu Brayantning laqabi – Qora Mamba ramzi.

Eslatib o'tamiz, "Los-Anjeles Leykers" bilan besh karra NBA chempioni bo'lgan Kobi Brayant 2020 yil 26 yanvarda Los-Anjeles (Kaliforniya) yaqinida Sikorsky S-76B vertolyoti halokatida vafot etgan. Uchuvchi va sakkiz yo'lovchi, jumladan Brayantning 13 yoshli qizi Janna ham halok bo'lgan. Kobe «Leykers» tarkibida 1996 yildan 2016 yilgacha o'ynagan.
            Havola            :         
                    Manba                : championat.com
             
			
Fikrlar