09 apr 13:47
Yangiliklar
LeBron Jeyms uchun NBA mavsumi yakunlandi
Manba bergan xabarga ko'ra, basketbolchi to'pig'idagi jarohatdan keyingi tiklanish jaroyonida.
37 yoshli forvard 27 mart kuni «Nyu-Orlean Pelikans»ga qarshi o'yinda chap to'pig'ini jarohatlab olgan edi. O'yinning birinchi choragida u Jekson Xeyzning oyog'ini bosib oldi va darhol shifokorlar tomonidan ko'rikdan o'tkazildi. Tekshiruvdan so'ng u maydonga qaytdi va o'yinni oxirigacha og'riq bilan o'ynashda davom etdi. Uchrashuv yakunida LeBron 39 ochko to'pladi, ammo bu g'alaba uchun etarli bo'lmadi. «Leykers» 108-116 hisobida mag'lub bo'ldi.
LeBron muntazam chempionatda maydonga tushgan har bir o'yinda o'rtacha 30,1 ochko, 8,2 riband va 6,3 samarali uzatma qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, «Leykers» NBA pley-off bosqichiga chiqa olmadi. LeBron esa 4-bor NBA pley-offini o'tkazib yuboradi.
Fikrlar