26 apr 14:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Lennoks Lyuis: "Agar Klichko yutqazib qo'ysa, faoliyatini tugatib qo'yaqolsin"
SHu hafta Angliyadagi "Uembli" stadionida superog'ir vazn bokschilari Entoni Joshua va Vladimir Klichkolar o'rtasida jang bo'lib o'tadi.
Ushbu jang yuzasidan Lennoks Lyuis o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
"Joshua ayni paytda ajoyib formada. Agar Vladimir unga yutqazib qo'yadigan bo'lsa, faoliyatini tugatsa ham bo'ladi. U 41 yoshda va endi uning oyoqlari bunchalik ajoyib bo'lmaydi. Uning o'rnida bo'lsam men mag'lubiyatdan so'ng faoliyatimni tugatib qo'yardim", - deydi sobiq chempion.
Havola :
Manba : AllBoxing
Fikrlar