12 okt 14:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Lennoks Lyuis: "Fyuri - dunyodagi eng yaxshi og'ir vaznli bokschi"
Afsonaviy bokschi Lennoks Lyuis Fyuri va Deontey Uaylder jangidan so'ng fikr bildirdi.
"Fyuri juda ajoyib jang namoyish etdi va nima qilish kerak bo'lsa shuni bajardi. Kim ham bunday bo'lishini kutgandi? Birinchi jang yaxshi bo'lgandi, ikkinchisi ajoyib, uchinchi jang esa tort ustidagi mevadek bo'ldi.
Uaylder ham mag'lub bo'lishni istamagandi. CHarchagandek ko'rinsa ham, u chidadi va bizga juda ajoyib jang taqdim qildi.
Hozirda Fyuri - dunyodagi eng yaxshi og'ir vaznli bokschi", -dedi Lennoks Lyuis.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar