So’nggi yangiliklar

10:49Мирафзал Ахтамов ва яна икки вакилимиз Дубайдаги ММА турнирида иштирок этади + ПОСТЕР 0 10:11Суперлига. Бугун учта қизиқарли учрашув бор 0 09:38Махачев: "Гэрри менга жиддий жанг таклиф қилди, деб бўлмайди" 0 08:35Жаҳонгир Воҳидов — Абу Даби халқаро шахмат фестивали ғолиби! 0 18:44Конор Макгрегор: "Холлоуэй UFC тарихидаги энг калтакланган шахс" 0 18:18“Манчестер Сити” рекорд хариди бўлган Эллиот Андерсон дебют ўйинида жароҳат олди 0 17:50Карлос Пратес UFC 334 турнирида Махачев билан жанг қилмоқчи эканлигига ишора қилди 0 17:18Пэдди Пимблетт: "Яхшиям Махачев энди менинг дивизионимда йўқ" 0 16:47FIDE Россия терма жамоасининг Самарқанд Олимпиадасидаги иштироки бўйича якуний қарорини эълон қилди 0 16:21“Барселона” Левандовски кетганидан сўнг ҳужумчи масаласида кутилмаган ечим топди 0 15:57Европанинг энг яхши аёл жангчиси UFC’да дебют қилади 0 15:30Умар Нурмагомедов: "Хабибнинг укаси бўлиб туғилганим менинг айбим эмас" 0 15:26“Лугано” ихтиёрига етиб борган Беҳруз Каримов фотосессияда иштирок этди + ФОТО 0 15:06Формула-1. Ландо Норрис — Нидерландия Гран-приси ғолиби! 0 14:38"Барселона"нинг асосий футболчиси мавсумнинг биринчи расмий ўйинида жароҳат олди 0

05 iyu 10:00
Yangiliklar

Boks/MMA

Leon Edvards Islam Maxachevga qarshi ehtimoliy jangga munosabatini bildirdi

Yarimo'rta vaznda amaldagi UFC chempioni Leon Edvards engil vazn chempioni, rossiyalik Islam Maxachevga qarshi ehtimoliy jang haqida berilgan savolga javob berdi.

Islam yakshanba tongida Nyuarkda o'tgan UFC 302 turnirida amerikalik davogar Dastin Poreni beshinchi raundda bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratib, o'ziga tegishli UFC chempionlik kamarini uchinchi marotaba himoya qilgandi. O'sha jangdan keyin Maxachev endigi asosiy maqsadi yarimo'rta vazn kamarini qo'lga kiritish ekanini ham aytgan edi. 

"U endigina engil vaz toifasidagi kamarini himoya qildi. Bu Islam uchun birinchi chempionlik himoyasi bo'ldi. Aleksandr Volkanovski bilan bo'lgan ikkita jangni men chempionlik himoyasiga qo'shmayman. Maxachev men bilan jang qilishdan oldin o'zini vaznida ikki-uch marta kamarini himoya qilib olsin. Keyin yarimo'rta vazn haqida o'ylasa yarashadi. Ha, bu katta jang bo'ladi. Lekin mening hali vaznimda qiladigan ishlarim bor. Keyinroq bu superjang haqida o'ylab ko'rsa bo'ladi", - dedi britaniyalik chempioni SkySports kanaliga bergan intervyusida. 

Etiborlisi, Edvardsning o'zi ham ikki vazn toifasida chempion bo'lishni maqsad qilgan. 

"Kelasi yil ikkinchi chempionlik kamari uchun urinib ko'raman. Bu yil men o'z kamarimni ikki bor himoya qilaman. Bu bilan chempionlik himoya janglarim to'rttaga etadi. Kelasi yili yana bir marotaba himoya jangini o'tkazaman. SHunda kamarimni besh marotaba himoya qilgan bo'laman. SHundan keyin kelasi yilning oxirlarida o'rta vazn toifasi chempionlik kamari uchun jang qilaman. Mening maqsad va rejalarim shunday", - deya so'ziga yakun yasadi Edvards. 

Eslatib o'tamiz, Leon Edvards 27 iyul kuni Manchester shahrida o'tkaziladigan UFC 304 turnirida amerikalik Belal Muhammadga qarshi oktagonga chiqadi. Katta ehtimol bilan Islam Maxachevning keyigi raqibi engil vazn reytingida birinchi o'rinni egallab turgan Arman Carukyan bo'ladi. 

Reyting:    

Fikrlar

   
05 iyu 16:25:01
Исломбек
Ufc 302 турнири Нюаркда булдими админ
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing