29 sen 11:25
Yangiliklar
Leonardo Bonuchchi mavsum oxirida futbolchilik faoliyatini yakunlashini malum qildi
"Union" klubi himoyachisi Leonardo Bonuchchi 2023-2024 yilgi mavsum oxirida futbolchilik faoliyatini yakunlashini rasman malum qildi.
"Menda ikkita variant bor edi – "Lacio" va "Union". Men "Union"ni tanladim, bunga sabab esa faoliyatimning oxirgi mavsumida biror yangi narsani sinab ko'rish edi. Futbolchilik faoliyatimni yakunlaganimdan so'ng murabbiylikni boshlasam kerak. Germaniya intizom va professionallikni maromiga etkazish uchun juda qulay joy", – deydi Leonardo Bonuchchi.
Malumot uchun, Leonardo Bonuchchi "Union" jamoasiga shu yilning yozida kelib qo'shilgandi. Himoyachi 12 yil davomida "Yuventus"da faoliyat olib borgan. 2017-2018 yilgi mavsumni esa futbolchi "Milan"da o'tkazgan edi.
Fikrlar