31 dek 15:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Floyd Meyvezer "to'rt qirol"dan eng kuchlisini tanladi
Amerikalik bokschi kichik Floyd Meyvezer ztgan asrning 80-yillarda boks klassikasiga aylangan "to'rt qirol" orasidan o'z favoritini aytdi.
Bu to'rtlikdan "SHugar" Rey Leonard, Marvin Xagler, Roberto Dyuran va Tomas Xerns o'rin olgan.
"Men Roberto Dyuranni tanlayman... Dyuran, ehtimol, engil vazn toifasida barcha davrlarning eng buyuk bokschisi bo'lgan va yarim o'rta va o'rta vazn toifalarida "to'rt qirol" qatoriga kirgan", - dedi Meyvezer.
Panamalik Roberto Dyuran to'rtta vazn toifasida jahon chempioni bo'lgan. Uning faoliyati 30 yildan ortiq davom etdi - 1968 yilda boshlanib, 2001 yilda yakunlandi.
Dyuranning yakuniy statistikasi 119 ta professional jangda 103 ta g'alabani tashkil qiladi. Roberto intervyularidan birida Floyd Meyvezerni eng yuqori cho'qqisida mag'lub etishini aytgan.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar