11 may 19:00
Yangiliklar
Futbol

Leroy Sane kelajagi bo'yicha qaror qabul qildi
Germaniyalik vinger Leroy Sane yozda "Bavariya" bilan shartnomasi uzaytirilmasa, La Ligaga ko'chib o'tishni istamoqda.
"Barselona" va "Real"da shundoq ham kuchli hujumkor guruhlar bo'lsa-da, Sanening o'tishi ularni yanada yaxshilashi mumkin. Qayd etilishicha, "Bavariya" hamon nemisga shartnomani uzaytirishni taklif qilmoqda.
SHuningdek futbolchiga "Arsenal" va "CHelsi"dan ham qiziqishlar bo'lgan. Ikkala klub ham germaniyalik vingerni o'z safiga qo'shib olishni istamoqda. Vingerning xizmatlariga londonliklardan tashqari "Nyukasl" va "Tottenxem" ham befarq emas. Ammo Sane bu jamoalarni ustuvor variant sifatida ko'rmayapti.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar