06 jan 18:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Lesnar chorak million dollar jarima to'lashi shart
Og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Brok Lesnar Nevada shtati g'aznasiga ikki yarim yil oldin belgilangan jarima pulini to'lamadi.
Nevada shtati Sport qo'mitasi 2016 yilning iyul oyida doping-test nazoratidan o'ta olmagan Lesnarni 250 000 dollar miqdoridagi jarimaga tortgan edi.
Oradan ikki yarim yil o'tgan bo'lsa-da, Lesnar ushbu jarima pulini to'lagani yo'q. UFCga qaytish istagini bildirgan Brok o'tgan yili USADA dasturi doirasida bir necha bor doping tekshiruvdan ham o'tdi. Lekin mavjud qoidalarga ko'ra Lesnar jarima pulini to'lamagunicha jang o'tkaza olmaydi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq UFC prezidenti Dana Uayt Brok Lesnar hamda og'ir vazn toifasida amaldagi jahon chempioni Daniel Korme o'rtasida jang tashkil etishga harakatlar boshlanganini malum qilgan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar