09 may 13:36
Yangiliklar
Licenzion turnir. Jalgasbay g'alaba bilan boshladi, Baxshilloev esa...
Bugun turnir doirasida yunon-rum kurashi bahslari o'tkazilmoqda.
Bahslarda -87 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Jalgasbay Berdimuratov ilk bosqichda germaniyalik Xannes Vagnerga qarshi bahs olib bordi va 5:1 hisobida g'alabaga erishdi. U licenziya yo'lida kurashni davom ettiradi. Endi u navbatdagi bahsni shveciyalik raqibga qarshi o'tkazadi.
-67 kg vazn toifasida esa Mahmud Baxshilloev ilk bosqichda qozog'istonlik raqibga imkoniyatni boy berdi. Endi qozog'istonlik kurashchi finalga qadar etib borsa, Mahmudda licenziya uchun imkoniyat saqlanib qoladi.
Malumot uchun, har bir vazn toifasida 3 nafar sportchi Olimpiya o'yinlari licenziyasiga ega chiqadi. Finalga chiqqan ikki nafar sportchi, shuningdek 3-o'rin sohibi Parij Olimpiadasiga boradi.
Fikrlar