24 noy 17:28
Yangiliklar

Linares Lomachenko bilan revansh uchun yana engil vaznga qaytadi
Linares shu yilning sentyabr oyida birinchi yarim o'rta vazn toifasida ilk jangini o'tkazgandi. Xorxe Vasiliy Lomachenko bilan revansh uchun ham yana vaznini o'zgartirishga tayyor. Aynan ukrainalik jahon chempioni may oyida Linaresdan engil vazn toifasidagi WBA kamarini tortib olgan edi.
“Faqat revansh uchungina men Vasiliy Lomachenkoning vaznida jang o'tkazishga rozi bo'laman. Boshqa har qanday taklif mening fikrimni o'zgartira olmaydi. Meni boshqa janglar qiziqtirmaydi. Ayni paytda Golden Boy promouteridan bu borada javob kutyapmiz.
Lekin ungacha yanvar oyida sport formamni ushlab turish uchun reyting o'tkazaman. Bu divizionda menga munosib raqib IBF chempioni Moris Xuker bo'lib turibdi”, - dedi Linares ESPN kanaliga bergan intervyusida.
Fikrlar