01 apr 08:30
Yangiliklar
Futbol

Lionel Messi futboldagi kumiri haqidagi savolga javob berdi
Sakkiz karra Oltin to'p sohibi Lionel Messi futboldagi kumiri kim degan savolga javob berdi.
«Pablo Aymarning o'yinlari menga juda yoqardi. U «River Pleyt«da o'ynaganida ajoyib jamoaga ega edi va ajralib turardi. Uning maydondagi harakatlari menga havas bag'ishlardi.
Diego Maradona men uchun alohida ahamiyatga ega futbolchi – biz argentinaliklar uchun u birinchi raqamli futbolchi hisoblanadi. Keyin esa Pabloni aytgan bo'lardim. Unga futbolchi sifatida havas qilardim, juda yaxshi ko'rardim», – dedi Messi.
Havola :
Manba : sport24.ru
Fikrlar