18 noy 15:22
Yangiliklar
Futbol
"Liverpul" asosiy transfer maqsadini belgilab oldi
Mersisaydliklar kelayotgan qishda bor etiborini qaysi futbolchiga qaratishi malum bo'ldi.
"Anfield Watch" xabariga ko'ra, "Liverpul"ning asosiy transfer maqsadi – "Bornmut" chap qanot himoyachisi Milosh Kerkez.
21 yoshli vengriyalik futbolchi joriy mavsum Angliya Premer-ligasining 11 uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali malumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 20 mln evroni tashkil qiladi.
Eslatib o'tamiz, Kerkez Vengriya terma jamoasi safida 21 o'yin o'tkazib, 2 ta golli pas uzatdi. Himoyachi 19 yoshida jamoada debyut qilgan.
Havola :
Fikrlar