01 okt 14:17
Yangiliklar
"Liverpul"ning urgan goli hisoblanmagani xato sifatida tan olindi
Kecha Mersisayd klubi APLning 7-turida "Tottenxem"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bahsning 34-daqiqasida Luis Dias gol urgan va bu offsayd deb baholanib, gol inobatga olinmagandi. Oradan 2 daqiqa o'tib, "Tottenxem" gol urib ketdi.
Uchrashuvdan keyin Angliya hakamlari qo'mitasi ushbu epizodda hakamlar xato qilganini tan oldi. Aytilishicha, uchrashuvdagi videoassistent hakam Darren Inglend ushbu bahsni ko'rib chiqqanda, hakamlar golni inobatga olgan deb o'ylagan va bosh hakam Saymon Xuperga: "Tekshiruv yakunlandi", degan javob bergan.
Bu ibora esa odatda hakamlar to'g'ri qaror chiqarilganda ishlatiladi va o'yin davom ettiriladi. Xuper esa ushbu vaziyatda offsayd to'g'ri qaror deb hisoblagan va golni bekor qilgan.
Fikrlar