23 iyu 10:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Lobov qo'lqopsiz jangda Malinyajini mag'lub etdi
Qo'lqopsiz jang bo'yicha navbatdagi turnir bo'lib o'tdi.
Bare Knuckle FC 6 turnirining markaziy jangida rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Artyom Lobov boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Pol Malinyajiga qarshi bahs olib bordi.
Hozirda Irlandiya sharafini himoya qilayotgan va Konor Makgregorning jamoadoshi bo'lgan Lobov Malinyajini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi. Hakamlar bir ovozdan 48:47 hisobidagi g'alabani Artyomga berishdi. Bu Lobovning “BKFC”dagi ikkinchi g'alabasi bo'ldi.
Havola :
Fikrlar