09 iyu 14:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Logan Pol Mayk Taysonning gaplariga javob berdi
Floyd Meyvezer bilan 8 raund jang o'tkazishga erishgan videobloger va bokschi Logan Pol afsonaviy Mayk Taysonning so'zlariga javob berdi.
Avvalroq, Mayk Tayson Floyd Meyvezer blogerni shunchaki yanchib tashlashini aytgandi.
"Men shunga o'xshash gap qilganlar ro'yxatini tuzib qo'ydim. Floydni g'olib bo'ladi deganlar ro'yxati. Mayk Tayson ham shu ro'yxatda.
Men Maykni juda yaxshi ko'raman. Ammo, u mening oldimga kelib Floyd seni yanchib tashlaydi dedi. Floyd meni yanchib tashlay olmaydi, Mayk!", -dedi Logan Pol.
Eslatib o'tamiz, Floyd Meyvezer - Logan Pol o'rtasidagi jang 8 raund to'liq davom etdi va g'olib aniqlanmadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar