29 avg 11:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Logan Pol: Men tufayli Konor va Xabib restoranda janjallashib qolishlarining oldi olindi
Logan Polning aytishicha, u Amerika restoranlardan birida Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor o'rtasida janjalga sabab bo'lishiga oz qolibdi.
«Men sababli jang sanatlarining ikkita asosiy yulduzi o'rtasida janjal bo'lishining oldi olib qolindi. Men restoranlardan biriga qo'ng'iroq qildim va oshpazim Erik uchun stol band qilib qo'yishlarini so'radim.
O'z navbatida, Erik Konorning lagerida u uchun ovqat tayyorlardi. Keyin menga SMS keldi, unda Erik restoranga Makgregor bilan birga kelgani aytilgan.
Menga Makgregor bu restoranga kelishidan 10 daqiqa oldin Xabib o'sha erda bo'lgani haqida xabar berishdi», dedi Pol.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar