18 dek 09:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko bo'lajak raqibi haqida gapirdi
Engil vazn toifasida WBA, WBO, WBC kamarlari sohibi Vasiliy Lomachenko IBF chempioni Teofimo Lopes haqida fikr bildirdi.
“U meni hayron qoldirolmaydi. Lekin unda endi kamar bor, shu sababli Lopes men uchun qiziq. Lopes - o'ziga juda ishonadi. Unga qarshi tayyorgarlikni boshlayman. Uning zarbasi kuchli, lekin endi uning raqibi men bo'laman”,-dedi Lomachenko.
Eslatib o'tamiz, Lopes Kommini mag'lub etib, IBF kamariga ega chiqdi. Bu esa Lomachenkoga qarshi jang qilish imkonini berdi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar