10 avg 13:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko gonorarining bir qismini Lopesga berishga tayyor
Engil vazn toifasida WBA, WBC va WBO kamarlari sohibi Vasiliy Lomachenko mutlaq jahon chempionlik jangida ishtirok etish uchun Teofimo Lopesga gonorarining bir qismini berishga tayyor.
Bu haqida Lomachenkoning menejeri Bob Arum xabar berdi.
“Lomachenko mutlaq chempionlik jangida ishtirok etish uchun gonorarining bir qismini Lopesga berishga tayyor. Yaqin orada muzokaralarning barchasi yakunlanib, jangni rasman elon qilamiz”, - dedi Arum.
Eslatib o'tamiz, Lopes gonorar kamligi uchun jangda ishtirok etish niyatida emasligini malum qilgandi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar