07 iyu 08:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko ikki kamarining biridan voz kechadi, u shunga majbur
Professional boksning ikkita yo'nalishida jahon chempioni bo'lib turgan ukrainalik Vasiliy Lomachenko (6-1, 4 KO) katta ehtimol bilan yarim engil vazn toifasidagi chempionlik kamaridan voz kechadi.
Bu malumotni eng qisqa fursatda jahon chempioni bo'lgan dunyodagi yagona bokschining rasmiy vakillari malum qilishdi. Lomachenko 11 iyun kuni birinchi engil vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Roman Martinesni (29-3-3, 17 KO) nokautga uchratib, ikkinchi chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi.
Bu bilan Vasiliy yana bitta jahon rekordini yangiladi. U jami 6ta o'tkazib, ikkita jahon chempionlik kamarlarini qo'lga kiritdi. Lomachenko o'zining ilk chempionlik kamariga 2014 yili Geri Rassellni (27-1, 16 KO) mag'lubiyatga uchratib, ega chiqqandi.
Havola :
Fikrlar