30 mar 18:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko UFC jangchisi bilan sparring jang o'tkazdi (VIDEO)
Dunyoning eng yaxshi bokschilaridan biri Vasiliy Lomachenko UFC sobiq chempionlaridan biri Ti Jey Dillashou bilan sparring jang o'tkazdi.
"Men buni albatta sinab ko'rishim kerak", - deydi Dillashou sparring oldidan. MMA jangchisi bo'lganimdan so'ng, doimo nimadir o'rganishga harakat qilib kelmoqdaman. Men Lomachenkoning muxlislaridan biriman. SHu sababli ham, bunday imkoniyatni qo'ldan boy bera olmayman. U meni "sindirib" tashlasa ham buni butun umr eslab qolaman".
Videoda ko'rinishidan sportchilar engil mashqlar bilan jang o'tkazishgan. Bu erda boks qoidalari Dillashou uchun noqulay ekanligi sezilib qolgan.
"Sen hotirjamlik bilan sparringni boshlagandim. Biroq, ikki marotaba boshimdan zarba o'tkazib yuborganimdan keyin men shunday dedim: "Mayli, boshlaymiz", - deydi Lomachenko sparringdan so'ng.
Havola :
Manba : Fancy Combat
Fikrlar