18 fev 08:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko vs Lopes. Birlashtiruvchi chempionlik jangi sanasi malum + FOTO
Ukrainalik jahon chempioni Vasiliy Lomachenko IBF yo'nalishi chempioni Teofimo Lopesga qarshi jang sanasini elon qildi.
Engil vazn toifasida WBA, WBO va WBC yo'nalishlari chempioni bo'lib turgan Vasiliy Lomachenko (14-1, 10 KO) IBF kamari sohibi Teofimo Lopes (15-0, 12 KO) bilan birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga chiqadi.
Lomachenko o'zining Instagram sahifasida jang sanasini va manzilini oshkor qildi. Mutlaq jahon chempioni nomini aniqlab beruvchi jang 30 may kuni AQSHning Nyu-York shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar