20 jan 17:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenkoning otasi yil murabbiyi deb topildi
Boks haqida yozuvchi Amerika jurnalistlar uyushmasi (BWAA) bir nechta nominaciya bo'yicha 2017 yilning eng yaxshilarini elon qildi.
“Yilning eng yaxshi murabbiyi” nominaciyasida ukrainalik Vasiliy Lomachenkoning otasi ham murabbiyi Anatoliy Lomachenko eng ko'p ovoz bilan g'olib bo'ldi.
U so'rovda Derrik Jeyms, Brayan Makintayr, Andre Roze va Abel Sancheslarni ortda qoldirdi. Taniqli menejer Egis Klimas “Yil menejeri” sifatida etirof etildi. Klimasdan tashqari Kit Konnoli va Frenk Espinoza ham bu nominaciyasiga davogarlik qilishgandi.
Eslatib o'tamiz, “Yilning eng yaxshi bokschisi” nominaciyasida ukrainalik Vasiliy Lomachenko eng ko'p ovoz bilan g'olib bo'lgandi. Lomachenko 2017 yilda o'z chempionlik kamarini uch bor himoya qilishga muvaffaq bo'ldi.
Havola :
Fikrlar