15 dek 09:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenkoning raqibini aniqlab bergan Lopes - Kommi chempionlik jangi ikki raund davom etdi
Nyu-York shahridagi muhtasham “Medison Skver Garden“ arenasida qiziqarli boks kechasi bo'lib o'tmoqda.
Hozirgina kechaning markaziy janglaridan birida engil vazn toifasida IBF kamari sohibi Richard Kommi davogar Teofimo Lopesga qarshi ringga ko'tarildi. Jang kutilmaganda juda tez yakunlandi.
To'qnashuvning ikkinchi raundida Lopes Kommini nokdaun holatiga tushirdi. Kommi o'rnidan turishiga qaramasdan Teofimo ketma-ket kuchli zarbalar yo'llashda davom etdi, buning natijasida hakam jangni to'xtatishga majbur bo'lishdi.
SHu tariqa, Lopes IBF kamariga ega chiqdi. Endi u engil vazn toifasi qiroli Vasiliy Lomachenkoga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar