22 mar 22:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Londonda UFC Fight Night turniri boshlandi. Guram Kutateladzedan yana omadsiz chiqish
Angliyaning London shahridagi O2 Arena majmuasida MMA bo'yicha UFC Fight Night turniri start oldi.
Musobaqaning ilk jangi engil vazn toifasida faoliyat olib boruvchi gruziyalik aralash yakka kurash ustasi Guram Kutateladze hamda Braziliya vakili Kaue Fernardes o'rtasida kechdi.
To'liq 3 raund davom etgan bellashuvda Kaue raqibini hakamlarning yakdil qarori ila mag'lub etdi.
SHunday qilib, 33 yoshli Guram faoliyatidagi 18-jangida 5-mag'lubiyatini qabul qilib oldi. 30 yashar Fernandes hisobida esa endi 10 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat bor.
Londondagi musobaqaning markaziy jangi yarim o'rta vaznning sobiq chempioni Leon Edvards va SHon Bredi o'rtasida bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar