23 dek 14:29
Yangiliklar
Londondagi UFC turnirining asosiy jangi aytildi
Rossiyalik Movsar Evloev va britaniyalik Leron Myorfi o'rtasidagi ehtimoliy davogarlik jangi UFC Fight Night 270 turnirining asosiy to'qnashuvi bo'lishi aytilmoqda. Ikkala yarim engil vazn toifasi vakillari ham hali mag'lubiyatga uchramagan. Ular promoushenda to'qqizta g'alabali seriyasiga ega.
Movsar Evloev so'nggi jangda hakamlarning yakdil qarori bilan Aljameyn Sterling ustidan g'alaba qozongan. U avgust oyida Aaron Piko bilan to'qnash kelishi kerak edi, biroq jarohat olib, jangdan "echildi". Natijada Movsarning o'rnini egallagan Leron Myorfi amerikalik aralash yakkakurash ustasini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi.
Ayni paytda rossiya hamda britaniyalik jangchilar UFC yarim engil divizioni reytingida mos ravishda birinchi va to'rtinchi o'rinlarni egallab turibdi. Ular o'rtasidagi jangi g'olibi esa 31 yanvarga belgilangan Aleksandr Volkanovski - Diego Lopes chempionlik jangi g'olibi bilan to'qnash kelish uchun asosiy nomzod bo'ladi.

Fikrlar