So’nggi yangiliklar

19:05US Open теннис тарихида рекорд даражадаги соврин жамғармасини эълон қилди 0 18:42Мавлонбек Миркомилов Тошкентдаги Octagon 91 турнирида жанг қилади 0 18:05Моуринью ҳакамларни майдонда Винисиусни ҳимоя қилишга чақирди 0 17:17Мужибилло Турсунов рингга қайтяпти. У Россияда жанг қилади 0 16:30ИНТЕРВЬЮ. Учинчи Олимпиада? Борсам ҳам кумушга рози бўлмайман! — Ҳасанбой Дўсматов 0 15:47Енгил атлетикачиларимиз Марказий Осиё очиқ чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 15:12Жон Жонс UFC’га допинг-тест топширишда давом этяпти 0 14:41"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси жамоани тарк этиши мумкин 0 14:10Усман Нурмагомедов UFC баннерлари фонида сирли пост қолдирди + ФОТО 0 13:46Dana White’s Contender Series ғолиби UFC`да 11 миллион доллар ишлаб топди 0 13:17Ўзбекистон крикет федерацияси Осиё крикети бошқарувидаги иштирокини янада мустаҳкамлади 0 12:42Чемпионлар Лигасининг 2026/2027 йилги мавсуми умумий босқичининг 36 та иштирокчисидан 32 таси маълум бўлди 0 12:13Мовсар Евлоев чемпионлик жангидан сўнг фаолиятини якунлаши мумкин 0 11:41Робот Усэйн Болтнинг рекордини янгилади 0 11:07Дзюдо бўйича терма жамоамиз янги бош мураббий қўл остида Lausanne Grand Slam 2026 турнирига йўл олди (Тўлиқ таркиб) 0

28 dek 08:22
Yangiliklar

Regbi

Los-Anjeles-2028: Olimpiada yo'lida regbichi qizlarimizning imkoniyati yigitlarimizga qaraganda yuqori baholandi

Sport vazirligi va MOQ mutasaddilari federaciya hamda associaciyalarning yangi Olimpiya cikli uchun rejalari bilan tanishishda davom etadi.

Kecha O'zbekiston regbi federaciyasining bu boradagi rejalari ko'rib chiqildi.

Rasmiylar o'rganish ishlari davomida jamoaviy sport turlariga alohida ahamiyat qaratishmoqda. Bugun ham terma jamoalarning moddiy texnik bazasini yaxshilash, xorijlik mutaxassislarni jalb etish, selekciya ishlariga ahamiyat qaratish orqali natijadorlikni oshirish muhim yo'nalish sifatida belgilab olindi. 

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o'rinbosari, mamlakat regbi federaciyasi raisi Sodiq Safoev Toshkent viloyati yoki poytaxtimiz hududida terma jamoa yig'inlari uchun muqim bazani belgilab olish taklifini ilgari surdi.

Suhbatda federaciya mutasaddilari regbi-7 bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasining Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olish imkoniyatlarini yuqori baholashdi. Taqdimotda buning uchun tuzib chiqilgan reja haqida batafsil malumot berildi. Xususan, uzluksiz o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etish, terma jamoaning xalqaro musobaqalardagi ishtirokini taminlash, farmakologiya yo'nalishiga etibor qaratish muhim jihatlardan sanaladi.

Yig'ilish davomida federaciya mutasaddilarining mavzu yuzasidan fikrlari o'rganilib, O'zbekiston delegaciyasini bo'lajak Olimpiya o'yinlariga puxta tayyorlash bo'yicha ishlab chiqiladigan Prezident qarori loyihasi uchun takliflar belgilab olindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing